Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mendirman Jaloliddin» tarixiy serialining ikkinchi fasli taqdimoti o‘tkazildi (foto)

«Mendirman Jaloliddin» tarixiy serialining ikkinchi fasli taqdimoti o‘tkazildi (foto)

«Mendirman Jaloliddin» tarixiy serialining ikkinchi fasli taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimot davomida Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Aytish kerakki, tarixni jonlantirish, badiiy talqin orqali o‘sha davr ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy hayotini ko‘rsata olish ijodiy jamoadan katta kuch, sabr va mahorat talab qiladi. Eng muhimi, ijodiy jamoa zimmasida ushbu serial orqali targ‘ib etilgan g‘oyani tomoshabinga to‘laqonli yetkazib berish mas’uliyati turadi.

O‘ylaymizki, turk kinoijodkorlari bilan hamkorlikda tasvirga olingan ushbu serialning ikkinchi faslida jamoa qaysidir ma’noda bunga erisha oldi. Xalqona aytganda, biz «imtihon» topshirdik, xolis bahoni esa albatta, xalqimiz beradi, – dedi Ozodbek Nazarbekov.

Ma’lum qilinishicha, «Mendirman Jaloliddin» tarixiy serialining ikkinchi fasli Zo‘r TV telekanali orqali haftaning har shanba kuni soat 21:10daefirga uzatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring