Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mening pensiyam» onlayn xizmati joriy etiladi

«Mening pensiyam» onlayn xizmati joriy etiladi

Foto: Xabar.uz

«Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, pensiya va g‘aznachilik faoliyatiga zamonaviy xizmatlarni joriy etishning asosiy yo‘nalish va maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • g‘aznachilik va pensiya ta’minoti tizimlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali hududlarda ixcham xizmat ko‘rsatish ofislarini tashkil etish;
  • fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni to‘liq elektron va proaktiv shaklga o‘tkazishga erishish.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan g‘aznachilik tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish hisobiga Raqamli g‘azna tizimi joriy etiladi.

2026-yil 1-dekabrdan pensiya tizimida quyidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali:

  • fuqarolarning mavjud ish staji va ish haqlari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlarga asosan pensiya miqdorlarini oldindan aniqlash bo‘yicha «Mening pensiyam» onlayn xizmati joriy etiladi;
  • pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar to‘liq proaktiv, elektron hamda interaktiv shaklga o‘tkaziladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring