Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi 2026-yilgi jahon chempionatida qatnashadimi?

Messi 2026-yilgi jahon chempionatida qatnashadimi?

Foto: Reuters

Argentina terma jamoasi hamda «Inter Mayami» (AQSh) klubi hujumchisi Lionel Messi milliy jamoasi tarkibida 2026-yilgi jahon chempionatida qatnashishni istaydi. Inter Miami News Hub uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

«Bor diqqatimni hozirga jamlaganman, ammo jahon chempionati haqida o‘ylamayapman desam, yolg‘on bo‘ladi. Ha, men buni o‘ylayapman. Kelajagim haqida bir qarorga kelishimda — bu asosiy masala. Bir maromga tushib olishim, izchillikka erishishim kerak», — dedi Messi.

Futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati 2026-yil yozida AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi. Final uchrashuvi 19-iyulga belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring