Hukumat «metan» shoxobchalaridagi narxni 6 oygacha nazorat ostida ushlab turmoqchi
![Hukumat «metan» shoxobchalaridagi narxni 6 oygacha nazorat ostida ushlab turmoqchi](http://static.xabar.uz/crop/2/7/720_460_95_2731638464.jpg)
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshliq qator idoralar rahbarlariga avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi kelgusi olti oyda kub metr uchun 3 250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish vazifasi yuklanadi.
Bu boradagi chora-tadbirlar belgilab berilayotgan hujjat loyihasiga ko‘ra, shuningdek, Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish komissiyasi (Komissiya raisi A.Ramatov) ham tashkil qilinadi va u ham «metan» shoxobchalarda tizimli ravishda chakana narxlar hududlarda keskin oshib ketishining oldi olinishini ta’minlab boradi.
Ushbu hujjat bilan noqonuniy ulanish, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish va noqonuniy iste’mol qilishning boshqa holatlari, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlari ham kuchaytiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter