Metro bekatlaridagi holatga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning katta qismida elektr muammosi yuzaga kelgani, hatto metroda ham uzilishlar kuzatilganiga oid xabar va fotolar tarqaldi. «Toshkent metropoliteni» UK holatga izoh berdi.
«Bugun soat 12:55 – 13:05 oralig‘ida Toshkent shahar elektr ta’minoti tizimida yuzaga kelgan nosozlik sababli metropolitenining «Chilonzor», «Yunusobod», «O‘zbekiston» yo‘nalishlaridagi bekatlarida yorituvchi uskunalar ishlamagan, eskalatorlar to‘xtagan. Biroq, poyezdlar harakati to‘xtamagan, chunki poyezdlarning harakatini ta’minlovchi elektr ta’minoti alohida. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzur so‘raymiz», deyiladi izohda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublika bo‘ylab elektr uzilishlari kuzatilishi mumkinligi aytilgandi. Bunga sutkalik elektr energiyasi iste’moli asosiy sabab qilib ko‘rsatilgandi.
O‘zbekiston hududida jazirama issiq yana ikki kun davom etadi, ammo uning ortidan kuchli shamol va qumli bo‘ronlar kuzatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter