Metroda poyezdlar oraliq vaqti qisqaradi
Joriy yil 4 sentyabrdan OTMlarda o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi. Natijada shahar jamoat transportiga bo‘lgan talab oshadi. Mazkur talabni qondirish uchun olib borilayotgan ishlar yuzasidan «Toshkent metropoliteni» DUK matbuot xizmati O‘zAga ma’lumot berdi.
Metrodan foydalanishda yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida mavjud ichki resurslardan maksimal darajada foydalangan holda vaqt oraliqlari qisqartirilishi rejalashtirilgan. Masalan, tig‘iz vaqtlarda Chilonzor yo‘nalishida 1,5 daqiqalik, O‘zbekiston yo‘nalishida esa 3-3.5 daqiqalik hamda Yunusobod yo‘nalishida esa, 5 daqiqalik intervalda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Avvalroq 4 sentyabrdan Toshkent metrosi bekatlariga yaqin 31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti ma’lum qilingandi.
Shuningdek, Toshkent metropolitenining «Yunusobod» va «Turkiston» bekatlari 4 oyga yopilishi xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter