MIB: marhum salkam 28 million so‘m qarz emish?!

Majburiy ijro byurosi xodimlari ba’zan ko‘z ko‘rib, qo‘loq eshitmagan holatlarga duch kelishadi. Ayniqsa, ta’minotchi korxona va iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlarga oid hujjatlarda.
Byuroning Koson tuman bo‘limi xodimlari «Rahim so‘fi» MFY hududida elektr energiyadan qarzdorlik holatlari o‘rganilganda g‘alati-g‘alati manzaralar guvohiga aylanishdi. Ya’ni, 66 ta holatda transformatorlarni elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar va xizmat farmoyishlarini olmasdan o‘zboshimchalik qilib, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab berilishi oqibatida uch yillik isrof (potereya) yuzaga kelgan. Buning hisob-kitobi esa 405 million so‘mdan oshib ketdi. Bunda ko‘p ayb montyorlarga tushishi aniq. Axir ular fuqarolardan olgan pulni cho‘ntakka urib, tarmoqqa ulab ketaverishgan-da. Hosil bo‘lgan qarzdorlikni yopish uchun «qo‘lbola qarzdorlar» ro‘yxati shakllantirilibdi. Bu ro‘yxatga tushgan fuqarolar «qarzini» ko‘rib, esi og‘ib qolishi hech gap emas: biri 30 million, boshqasi 32 million so‘m «qarz»?! Eng achinarlisi «qarzdorlar ro‘yxati»da allaqchon bandaligini bajro keltirgan marhum ham bor: uning «qarzi» salkam 28 million so‘m emish?!
Boshqa soxtakorliklar haqida-ku, gapirmaylik.
Qayd etilgan holatlar bo‘yicha MIB Koson tuman bo‘limi tomonidan allaqachon jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bir necha moddalarni o‘zida mujjassam qilgan «delo»lar shu kunlardan shaqqilatib tergov qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter