Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB xodimiga bolta bilan jarohat yetkazgan MFY raisi qamoqqa olindi

MIB xodimiga bolta bilan jarohat yetkazgan MFY raisi qamoqqa olindi

Foto:«Xabar.uz»

Kecha Qashqadaryoning Kasbi tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY) raisi xizmat vazifasini bajarayotgan Majburiy ijro byurosi (MIB) xodimini bolta bilan jarohatlagani xabari berilgandi.

Voqelik yuzasidan MIB markaziy apparati matbut xizmatining «Xabar.uz»ga qo‘shimcha ma’lum qilishicha, o‘tkazilgan tergovoldi tekshiruv yakunida «xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatish» (JK 219-modda) va «jabrlanuvchini o‘z xizmat  burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish» (JK, 140-modda, 3-qismi) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shuningdek, MFY raisiga nisbatan  «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Tergov harakatlari Kasbi tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring