Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Microsoft» dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi

«Microsoft» dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi

Foto: EPA

«Microsoft» dunyoning eng qimmat kompaniyasi — Nyu-York fond birjasida 29-oktyabr kuni o‘tkazilgan savdolar yakunida kompaniya kapitalizatsiyasi $2,46 trillionga yetdi.

Ikkinchi o‘rinda — «Apple» ($2,41 trln.). Bir kun oldin chorak hisoboti chiqqanidan so‘ng, «Apple» aksiyalari qiymati 4 foizga pasaydi. Kompaniya tahlilchilar kutganidan kam daromad olgan.

Aksincha, «Microsoft» aksiyalari qiymatiga 1 foiz qo‘shildi. Kompaniya hisoboti investorlarga ma’qul keldi: ishonchli rivojlanish yo‘lida.

Ma’lumot uchun: «Microsoft»ga 1975-yilda Bill Geyts va Pol Allen asos solishgan. Kompaniya dasturiy mahsulotlar, konsollar, kompyuterlar, smartfonlar va hokazo qurilmalar ishlab chiqaradi. «Microsoft» shtab-kvartirasi Redmondda (AQSh, Vashington shtati) joylashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring