Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mikrokreditbank bilan yangi uyga ega bo‘ling!

Mikrokreditbank bilan yangi uyga ega bo‘ling!

Qulay shartlardagi ipoteka – oila kelajagi uchun puxta o‘ylangan sarmoya hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, «Mikrokreditbank» tomonidan uy-joyga ehtiyoji borlar uchun qulay shartlardagi ipoteka kreditlari taqdim etilmoqda.

Jumladan, Prezidentning «Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hamda «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonlariga binoan, bank tomonidan joriy yil davomida 152 mlrd.so‘mdan ortiq ipoteka kreditlari ajratildi va natijada 790 dan ortiq oila yangi xonadonga ega bo‘ldi.

«Mikrokreditbank» va Moliya vazirligi o‘rtasidagi bosh kelishuv imzolangan bo‘lib, hozirda  ushbu mablag‘lar hisobidan yangi uy joylarga hamda uylarni rekonstruksiya qilish uchun kreditlar ajratilmoqda. 

Yangi tartibning o‘ziga xos jihatlaridan yana biri shundaki, bank tomonidan ajratilayotgan ipoteka kreditlari qulay shartlarda bo‘lib, unga ko‘ra birlamchi bozordan 20 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan fuqarolar o‘zlari istagan hududdan ipoteka olishi mumkin.

Kredit foizi – Toshkent shahrida yillik 18 foiz, viloyatlarda yillik 17 foizdan taklif etadi.

Ayni paytda ayrim shaxslarga, jumladan kam ta’minlangan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar soddalashtirilgan tartibda to‘lanadi.

Mikrokreditbank tomonidan yakka tartibdagi uy-joylarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 20 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan ajratilmoqda.

Kredit foizi barcha hududlarda yillik 17 foizdan taklif etilgan.

Yangi uyga ko‘chish inson hayotidagi juda muhim voqea. U mustaqil bo‘lish, alohida yashash, boshqa shaharga ko‘chish imkonini beradi. Shunday ekan bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring