Millatlar ligasi. Ispaniya, Fransiya, Portugaliya va Germaniya yarimfinalga chiqdi

Yevropa Millatlar ligasining chorak final javob o‘yinlari dramatik tarzda yakunlandi. G‘oliblar to‘rt o‘yinning uchtasida qo‘shimcha bo‘limlarda, ikkitasida penaltilar seriyasidan so‘ng ma’lum bo‘ldi.
Germaniyaga qarshi o‘yinda 0:3 hisobini yo‘qqa chiqargan Italiya uyidagi mag‘lubiyat sabab turnir bilan xayrlashdi. Fransiya Xorvatiyani, Ispaniya Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.
Daniyaga qarshi uchrashuvda asosiy vaqtda hisobni tenglashtirgan Portugaliya qo‘shimcha bo‘limlarda g‘alaba gollarini kiritdi.
Shu tariqa yarimfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi: iyun oyida Fransiya – Ispaniya, Portugaliya – Germaniya bellashuvlariga guvoh bo‘lamiz.
Millatlar Ligasi. 1/4 final
Javob o‘yinlari. 23-mart
Germaniya — Italiya 3:3 (birinchi o‘yin — 2:1.)
Gollar: Kimmix (30, penalti), Musiala (36), Klyayndinst (45) — Ken (49, 69), Raspadori (90+5, penalti).
Ogohlantirishlar: Gatti (21), Shtiller (22), Buonjorno (29), Adeyemi (68), Bastoni (79), Klyayndinst (79).
Ispaniya — Niderlandiya 3:3 Penaltilar seriyasi — 5:4 (birinchi o‘yin — 2:2)
Gollar: Oyarsabal (8 penalti, 67), Yamal (103) — Depay (54, penalti), Matsen (79), Simons (109, penalti).
Ogohlantirishlar: Le Norman (53), Depay (61).
Fransiya — Xorvatiya 2:0 Penaltilar seriyasi — 5:4 (birinchi o‘yin — 0:2)
Gollar: Olise (52), Dembele (80).
Portugaliya — Daniya 5:2 (birinchi o‘yin — 0:1)
Gollar: Andersen (38, avtogol), Ronaldu (72), Trinkau (86, 91), Ramush (115) — Kristensen (56), Eriksen (76).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Ronaldu (6).
Ogohlantirishlar: Eriksen (50), Diash (50), Nyorgor (66), Jota (75), Andersen (105+3), Vestergor (120+1).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter