Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiyada yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Milliy gvardiyada yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Milliy gvardiyaning Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Xizmatni tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Jangovar, kasbiy va jismoniy tayyorgarlik boshqarmasiga rahbarlar tayinlandi.

Jumladan, podpolkovnik Sirojiddinov G‘iyosiddin Ramziddinovich Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Xizmatni tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

U tayinlovga qadar Qo‘riqlash bosh boshqarmasi jamoat xavfsizligini ta’minlashga ko‘maklashish va qo‘riqlanayotgan ob’yektlarda huquqbuzarliklarning oldini olishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shuningdek, podpolkovnik Usmonov Baxtiyor Shuhratjonovich Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Jangovar, kasbiy va jismoniy tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring