Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mingdan ortiq mehmon to‘yda ovqatdan zaharlandi — Hindiston

Mingdan ortiq mehmon to‘yda ovqatdan zaharlandi — Hindiston

Hindistonning Gandinagar (Gujarat shtati) shahri kongressining sobiq rahbari o‘tgan juma kuni juda katta to‘y qilib, o‘g‘lini uylantirdi. To‘yga aytilganlarning sanog‘i yo‘q — 12–15 ming atrofida mehmon keldi!

Biroq o‘sha kuni shahar kasalxonalari ham gavjumlikda to‘yxonadan qolishmadi. Mingdan ortiq bemor, hammasi ovqatdan zaharlangan, barchasi to‘yga kelgan mehmonlar.

Tibbiyot xodimlari ovqatdan zaharlangan jami 1057 kishini bemorlar ro‘yxatiga olishdi. Biroq xavotirli joyi yo‘q, barchasi tuzaladigan. Ular aynan qaysi ovqatdan zaharlanganini aniqlay olishmadi va barcha ovqatlardan namunalarni laboratoriyaga tekshirishga jo‘natishdi.

Katta to‘yning tashvishiyam katta...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring