Mirishkorda o‘quvchi qiz bayram paytida vafot etdi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Mirishkor tumanidagi maktabda o‘tkazilgan bayram tadbirida o‘quvchi qizning yiqilib tushib, vafot etgani tasvirlangan video tarqaldi.
Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Vafot etgan qiz 2005-yilda tug‘ilgan bo‘lib, Mirishkor tumanidagi 33-maktabning 10-sinfida tahsil olgan. U bolaligidan tutqanoq (epilepsiya) bilan xastalangan bo‘lgan. O‘quvchini hushidan ketish holati kuzatilgan vaqtida maktab ma’muriyati tomonidan Shoshilinch tez tibbiy yordamga murojaat qilingan.
Hozirda tegishli organlarning mas’ullari tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter