Mis o‘g‘rilarining «misi chiqdi»

Tomdi tuman ma’muriy sudining ochiq sayyor sud majlisida Navoiy viloyatidagi Markaziy kon boshqarmasidan rangli metall o‘g‘irlagan sakkiz nafar huquqbuzarning ishi ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, huquqbuzarlarning barchasi Markaziy kon boshqarmasida ishlab kelib, u yerdan salkam uch million so‘mlik rangli metallarni o‘g‘irlashadi. O‘g‘irlangan narsani esa yarim bahosiga sotishadi.
Sud majlisida huquqbuzarlarning barchasi qilmishiga iqrorlik bildirib, qilgan ishlaridan chin ko‘ngildan pushaymon ekani, yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganligi va boshqa bunday holat qayta takrorlanmasligini bildirib, suddan qonuniy yengillik berishni so‘rab iltimos qilgan.
Sud huquqbuzarlikning ijtimoiy xavflilik darajasini va boshqa holatlarni inobatga olib, ularning barchasiga qilmishiga yarasha jarima jazosi tayinladi. Jarima jazolarini umumiy miqdori esa o‘g‘rilik orqasidan topilgan «foyda»dan ancha banlandki, ularga qarata ayting keladi: «Sizlarga shu kerakmidi-a?!»
Zarif Utamuratov,
Tomdi tuman ma’muriy sudi raisi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter