Misrda Ptolemeylar davriga mansub qabrlar topildi

Misr janubida, Asvondagi qazishmalarda arxeologlar Ptolemeylar sulolasi va Rim davriga mansub yaxshi saqlangan qabrlarni topishdi. Bu haqda Misr turizm va qadimiyat vazirligi xabar berdi.
Ularning birida, tog‘ bag‘ridagi o‘yilgan qoyada ohaktoshdan yasalgan, balandligi ikki metrli sarkofag topilgan. Uning qopqog‘i inson qiyofasi yaqqol aks etib turgan odam shaklida ishlangan.

Arxeologlar qabr kimga tegishli ekanini aniqlashdi, u asvonlik yuqori mansabli amaldor bo‘lgan. Shuningdek, bu yerda mumiyolangan jasadlar ham topilgan, ayrimlari bolalarga tegishli.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter