Mobiuz innovatsion ovozli yordamchisi Moobina’ni taqdim etadi

2025-yil 22-sentyabr - ICT Expo 2025 ko‘rgazmasida Mobiuz mobil aloqa operatori ilg‘or sun’iy idrok texnologiyalariga asoslangan Moobina virtual operatorini namoyish etadi.
Moobina: abonentlar klaviaturani bosishi shart emas
Moobina virtual operatori Mobiuz qo‘ng‘iroqlar markazining abonentlarga ovozli xizmat ko‘rsatish tizimiga muvaffaqiyatli joriy etildi. 0890 va (+998) 97 1300909 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilgan abonentlar avtomatik tarzda ovozli yordamchi bilan muloqotga kirishadi.
Moobina ilg‘or Omilia sun’iy idrok platformasi asosida ishlaydi. Loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish 2024 yil kuzida boshlangan. Bu davr ichida texnik integratsiya qilish hamda sun’iy idrokni o‘qitish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi.
An’anaviy koll-markazga qo‘ng‘iroq qilganda, abonentlar odatda raqamlarni bosib, ovozli menyudan foydaladi. Moobina yordamida abonent savolni ovozli tarzda va erkin shaklda berishi mumkin, tizim esa o‘zi:
- nutqni taniydi va uni matnga aylantiradi;
- abonentning maqsadini tushunadi;
- to‘g‘ri javobni ovoz chiqarib aytadi yoki zarur bo‘lsa, qo‘ng‘iroqni mutaxassisga yo‘naltiradi.
Eng muhimi - qulaylik va o‘zbek tili
Moobina bir vaqtning o‘zida o‘nlab abonentlarga, hatto qo‘ng‘iroqlar ko‘payib ketganda va operator-xodimlar band bo‘lganda ham, xizmat ko‘rsata oladi.
Mobiuz Abonentlarga xizmat ko‘rsatish departamenti direktori Olga Kimning so‘lariga ko‘ra:
"Moobina’ni joriy etishning hozirgi bosqichida u allaqachon abonentni aniqlash (FIO va JShShIRni tanib olish), balans, paketlar qoldig‘i va raqam holatini tekshirish, tariflar va xizmatlar haqida ma’lumot berish, shu jumladan tarif rejasini o‘zgartirishda yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, ovozli yordamchi orqali turli internet-to‘plamlarni ulash, raqamni bandlash (blokirovka o‘rnatish) yoki bekor qilish, shuningdek, zarur hollarda mutaxassis bilan bog‘lashi mumkin».
Hozirda koll-markazga kelib tushayotgan qo‘ng‘iroqlarning taxminan 31 foiziga bevosita Moobina xizmat ko‘rsatmoqda.
Abonentlarning qulayligi va virtual operatorga moslashishi uchun xizmat ko‘rsatish kengaytirilgan tartibda amalga oshirilmoqda. Ya’ni Moobina bilan suhbatlashayotgan va yordam olayotgan abonentga bir vaqtning o‘zida SMS yordamida zaruriy ma’lumotlar - kodlar, saytga havolalar, sozlamalar va boshqa ma’lumotlar yuborilmoqda.
Tizimni o‘zbek tiliga o‘rgatishga alohida e’tibor qaratildi, chunki qo‘ng‘iroqlarning aksariyati aynan ona tilimizda amalga oshiriladi. Moobina shevalar bilan jonli so‘zlashuvni tushunadi, abonent ismi, familiyasi va otasining ismini to‘g‘ri ajratib oladi. Buning uchun mutaxassislar tomonidan ssenariylar, lug‘atlarni yaratish va ovozli iboralarni yozib olish bo‘yicha katta ishlar bajarildi.
Yangi imkoniyatlar hali oldinda
Har bir qo‘ng‘iroq, har bir muloqot va abonent berayotgan har bir savol Moobina’ni yanada takomillashtirish va rivojlantirishga hissa qo‘shib kelmoqda. Mobiuz mutaxassislari kompaniya hamkorlari bilan birgalikda ovozli yordamchi tizimini doimiy ravishda o‘qitib bormoqda, noaniqliklar va murakkab algoritmlarni aniqlab, tuzatib bormoqda.
Kelajakdagi rejalar - xizmatni kengaytirish, shuningdek, abonentlarga nafaqat ovozli, balki matnli shaklda ham maslahat va yordam ko‘rsatish kiradi.
Bugungi kunda dunyoning yirik operatorlari koll-markazlarga sun’iy idrok yordamchilarini faol joriy etmoqda. Bu borada Mobiuz O‘zbekistondagi dastlabki operatorlardan biri bo‘lib, mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘zbek tilida virtual yordamchining amaliy ishini namoyish etmoqda.
Moobina’ni joriy etish - bu raqamli innovatsiyadir. Mijozlar tajribasini bevosita o‘zgartirib, uni yanada qulayroq, foydalanishga qulay va zamonaviy qilishining yorqin misolidir. ICT Expo 2025 ko‘rgazmasida Mobiuz O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasiga yangi texnologiyalarni joriy etishdagi yetakchiligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter