Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobiuz va Huawei mobil qurilmalar va gadjetlar savdosini yo‘lga qo‘ydi

Mobiuz va Huawei mobil qurilmalar va gadjetlar savdosini yo‘lga qo‘ydi

Xaridorlar uchun smartfonlar, qurilmalar va chiroyli raqamlarni bo‘lib to‘lash imkoniyati, shuningdek, 100% chegirmali bir yillik tarif rejalari taqdim etilmoqda.

1 aprel kuni Toshkent va Samarqanddagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazlarida Huawei brend hududining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali  tarzda bo‘lib o‘tgan tadbirda kompaniyalar tarif to‘plamlari va chiroyli raqamlarga bog‘langan mobil qurilmalar savdosiga rasman start berishdi.

Loyihaning asosiy maqsadi – har bir abonentga samimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir. Yuqori sifatli aloqa va ilg‘or texnologiyalardan foydalanish imkoniyati haqiqiy o‘zgarishlar olib keladi. Bu ta’lim olishga ko‘maklashish, kundalik vazifalarni soddalashtirish, yaqinlar bilan aloqalarni mustahkamlash kabi ko‘plab yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi.

Huawei brend hududida kompaniyaning barcha texnologik yangiliklari, jumladan, turli narx segmentiga mos smartfonlar, planshetlar, aqlli soatlar va quloqchinlar mavjud. Qurilmalarni xarid qilishning quyidagi afzalliklari bor:

  • barcha mahsulotlar haqini boshlang‘ich to‘lovsiz qismlarga bo‘lib to‘lash imkoniyati bor;
  • bir qator smartfonlarni xarid qilgan abonentlar Mobiuzning Xotirjam” tarif rejalariga yillik 100% chegirma, shuningdek, chiroyli raqamlarga 24 oygacha bo‘lib to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lishadi;
  • qurilmalarga rasmiy kafolat bor, ularning IMEI-kodlari esa rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan;
  • bu "birinchi qo‘l" mahsulotlar bo‘lib, narxlar ham shunga mos tarzda arzon.

Masalan, 12 GB tezkor va 256 GB ichki xotiraga ega HUAWEI Nova 13 smartfonining narxi 4 622 000 so‘mni tashkil etadi (2025-yil 1-aprel holatiga ko‘ra). Uni 12 yoki 24 oyga bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish mumkin. Xarid qilganda mijozga jismoniy shaxslar uchun "Xotirjam 80" tarif rejasi yoki korporativ mijozlar uchun "Corporate Xotirjam 80" tarif rejasiga yillik chegirma sertifikati beriladi.

Mobiuz ofislarida va Huawei brend zonalarida abonentlar doimo professional maslahatlar olishlari, shuningdek, o‘zlarining shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yangi texnologiyalar va tarif rejalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar olishlari mumkin.

Texnologiyalar va telekommunikatsiyalarning bunday uyg‘unligi har bir kishi qulaylik, qoniqish va ilhom tuyg‘usini his qila oladigan muhitni yaratadi. Mobiuz va Huawei o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik mijozlarga yanada ko‘proq foydali bonuslar va qiziqarli xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi.

Maksimal imtiyozlar to‘plamini olish mumkin bo‘lgan Huawei brend zonalari joylashuvi:

  • Mobiuz mobil operatorining markaziy ofisi: Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 24-uy (Oloy bozori yonida).
  • Samarqand shahridagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazi: Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 105-uy.

Batafsil ma’lumotni www.mobi.uz hamda www.huawei.com/uz/ veb-saytlaridan olishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring