Tarixiy ob’yektlarni auksion orqali ijaraga berish rejalashtirilyapti

2025-yil 1-iyuldan moddiy madaniy meros ob’yektlari va ularga tutash hududlar ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda elektron onlayn-autsion savdolari orqali ijaraga berilishi mumkin.
O‘z navbatida, Moddiy madaniy meros obektlarini va ularga tutash hududlarni ijaraga berish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi va Madaniy meros agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Madaniy meros ob’yektlaridan foydalanish Direksiyasi tashkil etiladi.
2025 yil 1 sentyabrdan joriy yil yakuniga qadar respublikadagi barcha davlat mulki bo‘lgan madaniy meros obektlari (muhim bo‘lgan strategik ob’yektlar, mudofaa va davlat xavfsizlik ob’yektlari, ijtimoiy soha ob’yektlari, shuningdek, davlat tashkilotlari va idoralari tomonidan notijorat maqsadlarda foydalaniladigan obektlar bundan mustasno) keyinchalik samarali foydalanish va ijaraga berish uchun operativ boshqarish huquqi bilan Direksiyaga o‘tkaziladi.
Madaniy meros ob’yektlarini va ularning qismini ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar to‘liqligicha Direksiyaga yo‘naltiriladi.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda respublikada 8 370 ta (shundan 7 819 ta davlat mulki va 551 xususiy mulk) madaniy meros ob’yektlari mavjud bo‘lib, ulardan 169 tasi ijaraga berilgan.
Shu bilan birga, 8 370 ta madaniy meros ob’yektlarining 4 797 tasi arxeologiya ob’yektlari, 2 270 tasi arxitektura ob’yektlari, 773 tasi monumental san’at ob’yektlari va 530 ta diqqatga sazovor joylar hisoblanadi.
Shuningdek, ijaraga berilgan 169 ta madaniy meros ob’yektlari bo‘yicha 1 029 ta shartnomalar imzolangan.
Manba: regulation.adliya.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter