Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moldovada O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, u terrorchilikda ayblanmoqda

Moldovada O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, u terrorchilikda ayblanmoqda

Moldovaning Kishinyov shahrida xalqaro qidiruvga berilgan 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. U terrorchilik jinoyatlarini sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston va AQSh huquq-tartibot idoralari erkakni qidirgan. U terroristik va ekstremistik tashkilotlarning yuqori martabali a’zosi hisoblanadi.

O‘zbekistonlik qaror qabul qilingunga qadar Kishinyov shahar ichki ishlar boshqarmasi tergov izolyatoriga joylashtirildi. Barcha qonuniy protseduralar yakunlangach, u O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring