Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Molotok” laqabli shaxs boshchiligidagi jinoiy guruh qo‘lga olindi

“Molotok” laqabli shaxs boshchiligidagi jinoiy guruh qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi hamda Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlarining o‘zaro hamkorlikdagi tezkor-qidiruv va profilaktik tadbirlari natijasida Chirchiq shahrida jinoiy guruh faoliyatiga barham berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zini “Molotok” laqabi bilan tanishtirgan shaxs 2023 yilning so‘nggi oylaridan boshlab hududda jinoiy guruh shakllantirish va o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga urinib kelgan. U sport bilan shug‘ullangan jismonan baquvvat yoshlarni atrofiga to‘plab, ularni noqonuniy harakatlarga jalb qilgan.

Tergovga qadar surishtiruv ishlarida aniqlanishicha, guruh a’zolari avvaldan mavjud kelishmovchilik va qarz masalalarini zo‘ravonlik yo‘li bilan hal qilishga uringan. “Ko‘cha muhokamasi” deb nomlangan yig‘ilishda jabrlanuvchiga nisbatan jismoniy kuch ishlatilib, tan jarohati yetkazilgan.

Tezkor tadbirlar davomida guruhning barcha a’zolari ushlandi. Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud qarori bilan gumonlanuvchilarga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring