Moskvada asr davomida kuzatilmagan issiq kun bo‘ldi

Rossiya poytaxtida bugun kunduzi simob ustunida yangi rekord qayd etildi. Moskvada havo harorati +34,6°C ga ko‘tarilgani haqida «Gidrometsentr» rahbari Roman Vilfand ma’lum qilgan.
Uning aytishicha, 122 yildan buyon Moskvada bunchalik issiq harorat kuzatilmagan.
«1903-yilda 34,5 darajali issiq kuzatilgan, bugun, 12-iyul soat 15:00 da havo harorati o‘ndan bir daraja yuqoriroq — 34,6 daraja ekanligi qayd etildi», — dedi sinoptik.
Uning ta’kidlashicha, bu ekstremal harorat hisoblanadi, biroq yaqin kunlarda termometr ko‘rsatkichlari pasayishi kutilyapti.
P.S. Bugungi jazirama rekordidan so‘ng, Moskvada jala quyishni boshlagan...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter