Moskvadagi yong‘in: yangi tafsilotlar e’lon qilindi

Bugun, 4-aprel kuni Moskvadagi «Persey dlya detey» savdo markazida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
So‘nggi xabarlarga qaraganda, mazkur hodisa tufayli bir kishi halok bo‘lgan, uch nafar qutqaruvchi jarohatlangan. Bu haqda FVVning Moskva shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi rahbari Ilya Denisov bergan ma’lumotga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Yong‘inga qarshi kurash federal xizmatining uch nafar xizmatchisi jarohat oldi. Yong‘in esa bartaraf qilindi», — degan Denisov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter