Mo‘ynoqda dezinfeksiya ishlari uzluksiz olib borilmoqda (Foto)
Koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olishda barcha tizim vakillaridan birdamlik va hamjihatlikda harakat qilish talab etiladi.
Ushbu tamoyilga amal qilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani hududida faoliyat yuritayotgan Prezident Xalq qabulxonasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va mudofaa bo‘linmlari hamda tibbiyot birlashmalaridan mutaxassis va xodimlardan iborat guruhlar tuzilib, joylarda kuchaytirilgan nazorat o‘rnatildi. Uzluksiz ravishda belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinyapti.
Xususan, kuni kecha 50 dan ziyod shaxsiy tarkib hamda qator maxsus texnika jalb etilgan holda tuman bo‘ylab keng qamrovli dezinfeksiya ishlari o‘tkazildi. Mo‘ynoq tumanining odamlar gavjum bo‘lgan joylar – «Dehqon bozori», 6 ta ko‘p qavatli uylar, 5 ta ko‘cha, 50 dan ortiq davlat va nodavlat idoralari ob’yektlari jami 10 tonnaga yaqin xlorli eritma maxsus to‘rtta «MAN» va «ISUZU» purkagichli avtomashinalar bilan dezinfeksiya qilindi.
Shu bilan bir qatorda, Prezident Xalq qabulxonasi hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari maxsus texnika va uskunalar yordamida aholiga karantin qoidalari haqida, ularga amal qilish bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini olib bordi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter