Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mualliflik huquqini buzayotgan saytlar «ro‘yxat»ga tushadi

Mualliflik huquqini buzayotgan saytlar «ro‘yxat»ga tushadi

Foto: «kazislam.kz»

«Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–221-son, 26.04.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Davlat bojxona qo‘mitasi Intellektual mulk ob’yektlarining bojxona reyestriga (Reyestr) kiritilgan tovar belgilari bo‘yicha qonunchilik talablari buzilishi haqida xabar beradi.

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish va sohadagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

2022-yil 1-avgustdan quyidagi tekshirish va o‘rganishlar Adliya vazirligining «Sanoat mulki muhofazasi portali»dan foydalangan holda amalga oshiriladi:

  • sertifikatsiyalash organlari tomonidan sertifikatlashtirish jarayonidagi qo‘llanilgan nom, qadoqlar va boshqa rekvizitlarda intellektual mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish;
  • Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan dorilar, tibbiy buyumlarni ro‘yxatidan o‘tkazishda intellektual mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini tekshirish.

2022-yil 1-iyungacha sertifikatsiyalash bilan shug‘ullanuvchi barcha organlar «Sanoat mulki muhofazasi portali»ga bepul ulanishi mumkin.

2022-yil 1-sentyabrdan «Yagona darcha» bojxona tizimi orqali intellektual mulk ob’yektlarini Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi arizalarni elektron yuborish va ariza holatini onlayn kuzatib borish hamda natijasi bo‘yicha arizachilarni xabardor qilish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

2023-yil 1-yanvargacha intellektual mulk ob’yektlarining auksion savdosini o‘tkazadigan «Intellektual mulk – barcha uchun» maxsus internet-auksion savdo platformasi ishlab chiqiladi.

2022-yil 1-oktyabrgacha Internetda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan veb-saytlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi «Mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi qonunbuzilishlar reyestri» axborot tizimi ishga tushiriladi.

Qaror bilan 2022–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring