Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muborakda neft qazib olish hajmi oshirildi

Muborakda neft qazib olish hajmi oshirildi

So‘nggi olti oy mobaynida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi Ishchi guruh» Muborak, Gazli, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalariga qarashli konlarda bo‘lib, tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmini oshirish borasida bir qator vazifalar berilgan edi.

Belgilangan vazifalar amalga oshirilishi evaziga «O‘zbekneftgaz» AJ neft konlarida ijobiy natijalarga erishildi.

Jumladan, «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli neft qazib olish konlarining quduqlarida optimizatsiya ishlari olib borildi.

Quduqlarning ish rejimi qayta ko‘rib chiqilib, unumdorligi yuqori bo‘lgan quduqlarning ustki bosimi 2-3 atmosferaga kamaytirildi, shuningdek, gazlift usulida ishlatilayotgan quduqlar «puskavoy mufta»lari, quduqqa teskari gaz berish orqali tekshirib ko‘rildi.

Natijada qatlamdan kelayotgan mexanik aralashmalar natijasida «puskavoy mufta»larda xosil bo‘lgan tiqinlar bartaraf etildi va quduqdan kelayotgan neft miqdori ortishiga olib keldi.

Olib borilgan tadbirlar o‘z natijasini ko‘rsatib, «Ko‘kdumaloq» konida neft qazib chiqarish ko‘rsatkichi kunlik 5 tonnaga yetkazildi. «Janubiy Kemachi» konida ham bir kunda 5 tonna neft qazib chiqarildi.

Jami boshqarmaga qarashli neft quduqlarida optimizatsiya ishlari bajarilib, neft qazib chiqarish ko‘rsatkichi kunlik 10 tonna oshirishga erishildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring