Mudofaa vazirligi Xorazmda snaryad portlashi yuzasidan bayonot berdi

Xorazmda snaryad portlashi sabab bir kishi halok bo‘ldi. Mudofaa vazirligi mazkur voqea yuzasidan bayonot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Harbiylarimiz metallolomga snaryad sotishibdi, keyin u portlabdi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqalmoqda.
Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, ushbu snaryad vazirlik tasarrufida bo‘lmagan hududda mahalliy cho‘ponlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qazib olingan hamda metallolomga topshirilgan.
Shuni alohida takidlash kerakki, bunday holatlarda fuqarolar xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan xabar qilishi shart.
"Ushbu voqeaga harbiy xizmatchilarning hech qanday aloqasi yo‘q va jinoiy javobgarlikka tortilmaganini ma’lum qilamiz. Mazkur turdagi snaryad O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida mavjud emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu turdagi snaryad 1970 yillarda qo‘llanilgan", deyiladi bayonotda.
Ayni vaqtda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter