Muhammadqodir Abdullayev Xonobodda sport majmuasi qurmoqda
![Muhammadqodir Abdullayev Xonobodda sport majmuasi qurmoqda](http://static.xabar.uz/crop/2/4/720_460_95_2497029997.jpg)
Xonobod shahri, Fitrat mahallasidagi tashlandiq xolatga kelib qolgan bino o‘rnida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi bosh direktori Nabijon Ismanov hamda «O‘zbekiston iftixori», Sidney olimpiadasi chempioni Muhammadqodir Abdullayev zamonaviy sport majmuasini qurmoqda.
Yangi bunyod etiladigan sport majmuasida 1200 nafar yoshlar shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qolaversa, bu yerda boks bo‘yicha terma jamoalar ham o‘quv mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish ham mumkin. Bunday ba’zaviy sport majmuasi Andijon viloyatida shu paytgacha yo‘q edi.
Muhammadqodir Abdullayev ushbu bunyod etilishi ko‘zda tutilayotgan sport arenasida kelajakda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan sportchilarni, olimpiada chempionlarini yetishtirib berish istagida ekanligini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter