Muhim: tibbiyot xodimlariga malaka toifasi berish tizimi to‘liq o‘zgardi
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasi berish tizimi to‘liq o‘zgardi.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan birgalikda yaratilgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasi berish bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularga sertifikat berish axborot tizimi — tibtoifa.ssv.uz ishga tushirildi.
Shu asnoda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malaka toifasi berish bo‘yicha yig‘majild orqali hujjat topshirish amaliyoti bekor qilindi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasi berilganligini tasdiqlovchi qog‘oz shaklidagi sertifikat berish amaliyotiga ham barham berilib, hisobga olish seriyasi, tartib raqamiga ega, QR-kodi qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikat berish tartibi joriy etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter