Multiradarlar yo‘qotilishi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Nexia» va «Cobalt» avtomobillariga o‘rnatilgan multiradarlar yo‘qotiladi, kabi xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati munosabat bildirdi.
«Ushbu avtomatlashtirilgan mobil komplekslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilinib kelinmoqda.
Mobil komplekslar fiksatsiya qilish tizimining texnika va jihozlari belgilangan standart va talablarga muvofiqligini, inson omilini rad etib avtomatlashtirilgan dasturda ishlashini va foydalanuvdan chiqarilmasligini ma’lum qilamiz.
Ayrim ijtimoiy tarmoq obunachilaridan asoslantirilmagan, aniqlik kiritilmagan ma’lumotlarni turli noo‘rin izohlar bilan omma e’tiboriga tarqatmaslikni so‘raymiz», deyiladi munosabatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter