Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murodjon Ahmadaliyevning amerikalikka qarshi jangi jonli efirda uzatiladi

Murodjon Ahmadaliyevning amerikalikka qarshi jangi jonli efirda uzatiladi

WBA va IBF chempioni Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7 KO) navbatdagi jangini Toshkent vaqti bilan 26 iyun yakshanba tongida AQShning Texas shtatida o‘tkazadi.

WBA yo‘nalishida majburiy davogar amerikalik Ronni Riosga (33-3, 16 KO) qarshi jang O‘zbekistonda Sport TV kanali orqali efirga uzatilishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aslida Ronni Riosga qarshi jang o‘tgan yili noyabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq amerikalik bokschida koronavirus aniqlangani sabab Murodjonning raqibi majburiy o‘zgartirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring