Murodjon Ahmadaliyev — ikkita yo‘nalishda chempionlikni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbek bokschisi

Bugun AQShning Florida shtatidagi Mayami shahrida boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda ikkinchi yengil vazn toifasida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev (8-0, 6 KO)ringga ko‘tarildi. U IBF i WBA Super tasnifida amaldagi chempion Deniel Romanga (27-3-1, 10 KO) qarshi jang olib bordi.
12 raund davom etgan jang natijalariga ko‘ra Murodjon Ahmadaliyev g‘olib deb topildi. Shu tariqa hamyurtimiz professional boksda bor yo‘g‘i sakkizta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozonib, IBF i WBA Super tasnifida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Murodjon Ahmadaliyev bir yo‘la ikki tasnifga ko‘ra chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbek bokschisiga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter