Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murodjon Ahmadaliyev WBA chempionlik kamari uchun jang qiladi

Murodjon Ahmadaliyev WBA chempionlik kamari uchun jang qiladi

Birinchi yarim yengil vaznda sobiq jahon chempioni, WBA kamari uchun rasmiy da’vogar Murodjon Ahmadaliyevning raqibi ma’lum bo‘ldi.

Murodjon Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) 14 dekabr kuni Monte-Karlo shahrida Matchroom promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan prof boks oqshomining markaziy jangida ringga ko‘tariladi. Jang birinchi yarim yengil vaznda vaktinchalik WBA kamari uchun bo‘lib o‘tadi.

29 yoshli bokschimizga meksikalik 27 yoshli Rikardo Espinosa Franko (30-4, 25 KO) raqib bo‘ladi. Bu bokschi WBA reytingida 13-o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring