Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murodjon Ahmadaliyev WBA kamari uchun jang qiladi

Murodjon Ahmadaliyev WBA kamari uchun jang qiladi

Foto: «GoSport.uz»

Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ishtirok etayotgan Murodjon Ahmadaliyev (6-0, 5 KO) WBA chempionlik kamari uchun ringga chiqadi.

GoSport.uz manbasi ma’lumotiga ko‘ra, Ahmadaliyevning majburiy da’vogar sifatida chempion Daniel Romanga qarshi jangi bo‘yicha promouterlar kelisha olishmagan. Natijada WBA promouterlik savdolarini e’lon qilgan.

«Mir boksa» promouterlik kompaniyasi vakillarining ma’lum qilishicha, 2 iyul kuni promouterlik savdolari bo‘lib o‘tadi. Aynan shu kuni ko‘proq pul taklif qilgan tomon jangning muddati va o‘tkazilish joyini belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Promouterlik savdolarining boshlanishi uchun minimal summa miqdori 120 ming AQSh dollari etib belgilangan. Bunda amaldagi chempion Roman 75 foiz mablag‘ni gonarar sifatida qo‘lga kiritsa, 25 foiz gonarar Murodjon Ahmadaliyevga beriladi. Bu gonararlarga TV-translyasiya uchun to‘lanadigan pullar qo‘shilmagan.

Chempionlik jangi avgust yoki sentyabr oyida o‘tkazilishi mumkin. Agar Murodjon Ahmadaliyev chempionlik jangida g‘alabaga erishsa, AQShda chempion bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik bokschiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliyev 2018 yilning 24 noyabrida Ayzek Sarateni mag‘lubiyatga uchratib mazkur yo‘nalish chempionlik kamari uchun majburiy da’vogarga aylangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring