Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murodjon Ahmadaliyev WBA reytingida birinchi pog‘onaga ko‘tarildi

Murodjon Ahmadaliyev WBA reytingida birinchi pog‘onaga ko‘tarildi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Kuni kecha professional bokschilarning yangi reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, ikkinchi yengil vazn toifasi (55,3 kg) da o‘z janglarini o‘tkazayotgan Murodjon Ahmadaliyev noyabr oyida o‘tkazgan jangidan so‘ng reytingning birinchi pog‘onasiga joylashgan, deb xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, u 24 noyabr kuni amerikalik Isaak Zaratega qarshi jang o‘tkazib, nokaut evaziga g‘alaba qozondi. U o‘sha jangida o‘zining WBA Intercontinental kamarini himoya qilgandi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni amerikalik Daniel Roman hisoblanadi. Ahmadaliyev birinchi o‘ringa chiqib olish orqali, oltin kamar uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylanib oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring