Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik jangi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik jangi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

Professional boksning ikkinchi yarim yengil (55,3 kg) vazn toifasida qo‘shchempion (WBA va IBF kamarlari sohibi) Daniel Roman (27-2-1, 10 KO) 13-sentyabr kuni «Madison Square Garden»da (Nyu-York) Murodjon Ahmadaliyevga (6-0, 5 KO) qarshi ringga ko‘tarilmaydigan bo‘ldi.

«Romanda chap yelkasida muammo paydo bo‘lgan, — dedi menedjer Aleks Kamponovo. — Biz hozircha bu jarohatning qanchalik jiddiy ekanini bilmaymiz. O‘tgan haftada MRT qildirdik, bugun yoki ertaga aniq javobini olamiz». 

Romanning  murabbiyi Eddi Gansalesning aytishicha, chempion 19-avgust kuni sparring bilan mashg‘ulot vaqtida jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliyev WBA kamariga asosiy da’vogar sanaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring