Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Musobaqalar va yangi taqdimotlar: II Respublika «Kitobxonlik haftaligi» o‘tkaziladi

Musobaqalar va yangi taqdimotlar: II Respublika «Kitobxonlik haftaligi» o‘tkaziladi

Foto: Xabar.uz

18-23aprel kunlari Respublikamizning barcha hududlarida «Kitobsevar millat» shiori ostida II Respublika «Kitobxonlik haftaligi» tashkil etiladi.

«Kitobxonlik haftaligi» prezident tomonidan ilgari surilgan «Besh tashabbus» hamda hukumatning 2020 yil 14 dekabrdagi qaroriga asosan an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadi.

«Kitobxonlik haftaligi»da 100 dan ortiq nashriyotda so‘nggi yillarda nashr etilgan yangi kitoblarning taqdimotlari, o‘nlab taniqli, yosh va iste’dodli yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi, kitoblarning mazmun-mundarijasini boyitish kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, «Mehr kutubxonasi» ijtimoiy loyihasi orqali respublikamizdagi Mehribonlik va Muruvvat uylarining kutubxonalariga kitoblar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Jurnalistika, filologiya, tarjimonlik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar uchun mehnat yarmarkalari ham tashkil etiladi.

Ushbu haftalikning asosiy tadbirlari, xususan, tantanali ochilish marosimi 18 aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar, turli taqdimotlar, kitob savdo ko‘rgazma-yarmarkalari, intellektual sovrinli viktorinalar «Magic City» istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring