Mustaqillik bayrami kunlari chegirmalar bo‘ladi
![Mustaqillik bayrami kunlari chegirmalar bo‘ladi](http://static.xabar.uz/crop/1/2/720_460_95_121530379.jpg)
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati prezidentning tegishli farmoni asosida ayrim toifadagi fuqarolar uchun bayram (ishlanmaydigan) kunlar davrida ichki yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari tarifiga chegirmalar borligini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 1-4 sentyabr kunlari temir yo‘l chiptalari uchun:
- Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga – 50 foiz;
- Oliy o‘quv yurtlarining talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta’lim muassasalari talabalariga – 15 foiz;
- Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15 foiz;
- Kollektivga (4 kishidan ortiq bo‘lgan hamkasablarga, yo‘riqnoma asosida) – 15 foiz;
- «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga — 10 foiz chegirmalar taqdim etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter