Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mustaqillik bayrami oldidan Prezident bir guruh faollarni mukofotladi

Mustaqillik bayrami oldidan Prezident bir guruh faollarni mukofotladi

Prezident O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlashga doir tegishli Farmonni imzoladi. 

«Mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yurtimizning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni saqlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin», – deyiladi hujjat matnida.

Jumladan:

  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvoni bilan 1 nafar;
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi» faxriy unvoni bilan 1 nafar; 
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni bilan 2 nafar;
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi» faxriy unvoni bilan 2 nafar;
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni bilan 2 nafar;
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi» faxriy unvoni bilan 1 nafar;
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan 1 nafar;
  • «El-yurt hurmati» ordeni bilan 5 nafar;
  • «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan 1 nafar;
  • «Mehnat shuhrati» ordeni bilan 3 nafar;
  • «Do‘stlik» ordeni bilan 34 nafar; 
  • «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan 32 nafar;
  • «Sog‘lom turmush» medali bilan 1 nafar;
  • «Kelajak bunyodkori» medali bilan 2 nafar;
  • «Jasorat» medali bilan 14 nafar;
  • «Shuhrat» medali bilan (100 yoshdan oshganlar) 14 nafar;
  • «Shuhrat» medali bilan 67 nafar davlat va boshqa turdagi tashkilotlar xodimlari mukofotlandi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring