Mutaxassis nega yangi siqilgan sharbat sog‘liq uchun xavfli ekanligini tushuntirdi
![Mutaxassis nega yangi siqilgan sharbat sog‘liq uchun xavfli ekanligini tushuntirdi](http://static.xabar.uz/crop/2/3/720_460_95_2343573771.jpg)
Yangi siqilgan sharbat tarkibida foydali mineral va vitaminlar bor, biroq ularni muntazam iste’mol qilganda salomatlik bilan bog‘liq muammolar klib chiqishi mumkin. Bu haqda rossiyalik shifokor-endokrinolog, tibbiyot fanlari nomzodi Zuhra Pavlova ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, bir stakan konsentratsiyalangan sharbat — o‘rtacha ikkita katta apelsin degani.
«Odatda odam bir o‘tirishda buncha apelsin yemaydi», — deya mutaxassisning birinchi dalili keltirilgan.
«Agar 100 millilitr kola bilan 100 millilitr apelsin sharbatini solishtiradigan bo‘lsak, ikkalasida ham qand miqdori bir xil», — deya davom ettiradi shifokor.
Shuningdek, uning ta’kidlashicha, yangi siqilgan sharbatda kletchatka deyarli bo‘lmaydi. U qonga glyukoza va fruktoza tushish tezligini pasaytiradi va ichak mikroflorasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
«Bir stakan sharbat ichish natijasida tez so‘riladigan oddiy uglevodlar — glyukoza va fruktozani birato‘la ko‘p miqdorda qabul qilamiz. Bu esa uglevod almashinuvi va jigar metabolizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi», — deb yozadi Zuhra Pavlova o‘zining telegram-kanalida.
U yangi siqilgan sharbatlarni muntazam va ko‘p miqdorda iste’mol qilish ertami-kech qandli diabet, podagra, yurak-qon tomir yoki jigar kasalliklariga olib kelishidan ogohlantirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter