Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muxlislar maydonga yugurib chiqib, futbolchilar bilan mushtlashishdi (video)

Muxlislar maydonga yugurib chiqib, futbolchilar bilan mushtlashishdi (video)

Avstraliya chempionati doirasidagi «Melburn Siti» – «Melburn Viktori» uchrashuvi muxlislarning tajovuzkor xatti-harakatlari tufayli to‘xtatildi.

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida «Siti» o‘z maydonida 1:0 hisobida oldinda borayotgan bir paytda, o‘nlab muxlislar maydonga yugurib tushishdi va darvozabon Tomas Glover hamda boshqa mezbon futbolchilar bilan mushtlashishdi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, darvozabonning yuziga kukunli chelak kelib tushdi. Shundan so‘ng uchrashuv hakami jamoalarni tribuna osti xonasiga olib chiqib ketdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring