Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda yoppasiga tayinlovlar e’lon qilinmoqda

Surxondaryoda yoppasiga tayinlovlar e’lon qilinmoqda

Surxondaryo viloyatining yana uch tumaniga yangi hokimlar tayinlanishdi.

Ismailov Abdurashid Muzrabot tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Muzrabot tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Avazov Elmurod Ro‘zimurodovich Jarqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Zokirov Ulug‘bek Xurramovich Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Bunga qadar u O‘zbekiston Markaziy banki departament direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Termiz va Angor tumanlariga hokim tayinlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring