Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«MY» YChLdan chiqib ketdi

«MY» YChLdan chiqib ketdi

Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 finalning javob bahslari bo‘lib o‘tdi.

Madridning «Atletiko» klubi safarda «Manchester Yunayted» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Jamoalarning dastlabki bahsi durang bilan yakunlangandi.

Yana bir juftlikda «Ayaks» kutilmaganda o‘z maydonida «Benfika»ga yutqazib qo‘ydi va musobaqani tark etdi.

Manchester Yunayted — Atletiko 0:1

Gol: Lodi (41).

Manchester Yunayted – De Xea, Dalot, Varan, Maguayr (Mata, 84), Telles, Fred (Kavani, 75), Fernandesh (Pogba, 67), Maktominey (Matich, 67), Ronaldu, Sancho, Elanga (Reshford, 67).

Atletiko – Oblak, Savich, Ximenes, Reynildu, Lodi, Lorente, Koke (Kondogbia, 80), Errera, de Paul, Grizmann (Korrea, 90+3), Felish (Felipe, 90).

Ogohlantirishlar: de Paul (43), Matich (81), Dalot (87).

Birinchi o‘yin — 1:1.

Ayaks — Benfika 0:1

Gol: Nunes (77).

Ayaks – Onana, Mazraui, Martines, Timber (Quddus, 90+6), Blind, Alvares (Brobbi, 81), Gravenberx, Tadich, Bergeys (Klassen, 81), Aller, Antoni.

Benfika – Vlaxodimos, Jilberto (Lazaro, 90+1), Vertongen, Otamendi, Grimaldo, Taarabt (Meyte, 46), Rafa Silva, Vaygl, Everton (Yaremchuk, 72), Nunes (Diogu Gonsalvesh, 81), Gonsalu Ramush (Bernardu, 90+1).

Ogohlantirishlar: Gonsalu Ramush (67), Timber (83), Blind (90+4), Gravenberx (90+5).

Birinchi o‘yin — 2:2.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring