Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«MY»ning «Lion» ustidan g‘alabasi jahon futboli tarixiga kirdi

«MY»ning «Lion» ustidan g‘alabasi jahon futboli tarixiga kirdi

Foto: Instagram/manchesterunited

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi 18-aprelga o‘tar oqshom navbatdagi marotaba irodasini namoyon etib, Yevropa ligasi doirasida «Lion» (Fransiya) qarshi javob o‘yinida muhim g‘alabaga erishdi (5:4). Manchesterliklar 2:4 hisobida ortda borayotgandi.

«MY» – «Lion» uchrashuvi ekstra-taymlarda beshta gol urilgan o‘yin sifatida yevrokuboklar tarixiga kirdi. «Qizil iblislar» 120 va 121-daqiqalarda raqib darvozasiga gol kiritishdi — hali hech bir jamoa buni uddalay olmagan.

Qiyin g‘alaba Ruben Amorim jamoasini Yevropa ligasi yarim finaliga olib chiqdi (birinchi o‘yin natijasi — 2:2).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring