Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan Square: Vodiyda birinchi osmono‘par binolar Namanganda paydo bo‘ladi

Namangan Square: Vodiyda birinchi osmono‘par binolar Namanganda paydo bo‘ladi

Foto: Namangan Square matbuot xizmati

«MJ Developers» xalqaro qurilish kompaniyasi Namangan Square ulkan loyihasining boshlanganini e’lon qildi. Mintaqadagi birinchi Smart City Namangandagi 18 gektar maydonda Braziliya, Hindiston, BAA, Rossiya va boshqa mamlakatlarda yirik loyihalarni amalga oshirish tajribasiga ega ishlab chiqaruvchi tomonidan quriladi.

Tadbirni sharhlar ekan, «MJ Developers» hammuassisi Ankit Jalan shunday dedi: «Namangan asrlar davomida hunarmandchilik va o‘ziga xos arxitektura markazi bo‘lib kelgan. Namangan Square tushunchasini yaratishda bizning me’morlarimiz va dizaynerlarimiz Farg‘ona vodiysi ushbu durdonasining ajoyib tarixidan ilhom olishdi. Ushbu shahar Yevoosiyo savdo yo‘llari chorrahalarida tashkil etilganidan beri muhim iqtisodiy markazga aylandi va bizning loyihamiz uning biznes faoliyati uchun organik qism va diqqatga sazovor joy bo‘lish uchun yaratilgan. Biz 2021 yilda Namangan Square 10000 fuqaroning uyiga aylanishini kutmoqdamiz».

Taxminan 325 000 kvadrat metr ish joylari, turar joylari va chakana savdo maydonchalarini 10 gektardan ortiq park maydonida noyob landshaft dizayn bilan qurish rejalashtirilgan bo‘lib,u zamonaviy yechimlarni Namangan bog‘dorchiligining qadimiy an’analari bilan uyg‘unlashtiradi.

Puxta o‘ylangan sport va hordiq chiqarish muhiti Namangan Square aholisi va mehmonlariga to‘laqonli mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi: loyiha yugurish va velosiped yo‘llaridan tashqari, vorkaut va skeyting uchun to‘laqonli maydonlarni, shuningdek basketbol, tennis, futsal va golf mashqlari uchun maydonlarni taqdim etadi. Ilg‘or «yashil» texnologiyalar Namangan Squareni eng ekologik qulay tumanga aylantiradi, bu esa ularni keyinchalik shahar va viloyat bo‘ylab tarqatishga imkon beradi.

Namangan Square’ning asosiy bezagi noyob dizayn va konstruksiyali ikki bino bo‘ladi. Farg‘ona vodiysidagi ushbu birinchi osmono‘par binolar, shubhasiz, viloyatning diqqatga sazovor joylari va uning eng yuqori me’moriy tuzilmalari ro‘yxatini to‘ldiradi.

«Namangan Square» loyihalashtirish va 50 million kvadrat metrdan ortiqroq arxitektura tajribasiga ega dunyoga mashhur hind arxitektori Xafiz Kontraktor tomonidan loyihalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring