Namangan va Buxoroda o‘rmon xo‘jaligi xodimlari ushlandi
DXX Namangan viloyati bo‘yicha Boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Kosonsoy Davlat o‘rmon xo‘jaligining nazoratchisi mazkur xo‘jalikka tegishli 85 sotix yer maydonini 49 yilga ijara shartnomasini tendersiz yutib berish evaziga 55 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Buxoro viloyatida qayd etilgan holatda Qorako‘l Davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimi mahalliy MChJga tegishli 5 gektar va boshqa bir fuqaro boshqaruvidagi fermer xo‘jalikning 3 gektar, jami 8 gektar yer maydonini 16 ming AQSh dollari evaziga mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, kelishilgan pulni olgan vaqtida DXX va Departamentning viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter