Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda qalbaki dollar sotayotganlar qo‘lga olindi

Namanganda qalbaki dollar sotayotganlar qo‘lga olindi

Namangan viloyatida qalbaki AQSh dollarlarini sotayotgan shaxslar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kosonsoy tumani bo‘limi, DXX va Bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro F.T. fuqaro A.X.ga qalbaki 20 000 AQSh dollarini haqiqiy 14 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 100 AQSh dollarlik kupyuradagi qalbaki 8 000 AQSh dollarini bergan vaqtida ushlanib, davom etgan tadbirda boshqa bir fuqaro N.T.dan qalbaki 6 000 AQSh dollari ashyoviy dilil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring