Namanganda tort yegan 15 nafar bola shifoxonaga yotqizildi
Joriy yilning 25 iyul kuni Uychi tumanidagi «Gulshan» oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 15 nafar tarbiyalanuvchisi sifati tez buziluvchi mahsulotni iste’mol qilishi oqibatida oshqozon-ichak faoliyati funksiyasi buzilishi, ovqat toksikoinfeksiyasida gumonlanib, tuman tibbiyot birlashmasining bolalar yuqumli kasalliklari bo‘limiga yotqizilgan.
O‘rganish natijasida muassasa tarbiyalanuvchilarining ota-onalari tomonidan farzandining tug‘ilgan kuni munosabati bilan sifatsiz tort shirinligi olib kelinganligi va u tarbiyachi tomonidan o‘zboshimchalik bilan bolalarga berilgani aniqlandi.
Shifoxonada boalalarga darhol barcha zarur muolajalar ko‘rsatilib, o‘sha kunning o‘zida 13 nafarining holati yaxshilanganligi sababli uylariga ketishi uchun shifokorlar ruxsat etgan. 2 nafar bolaga esa butunlay sog‘ayganidan keyin, 26 iyul kuni javob berilgan. Hozirda bolalarning hammasi o‘zini sog‘lom his qilib, «Gulshan» oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qaytarilgan.
Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas’ullariga ta’lim muassasalariga sifati tez buziluvchi mahsulotlarni olib kirmaslik, tarbiyalanuvchilarga turli gazli ichimliklarni ichirmaslik, unli oziq-ovqat mahsulotlariga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ogohlantirilgani va tushuntirish ishlari to‘liq olib borilganligi bildiriladi, deyiladi Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter