Namangandagi kanat yana to‘xtab qoldi

Kecha, 11 iyul kuni Namangan viloyati «Chodak» dam olish maskanidagi kanat to‘xtab qolib, unda o‘tirgan odamlar yo‘l yarmida qolib ketgan. Bu haqda Namangan FVB Axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kanat ishlab turgan vaqtda to‘xtab qolgan va bir nechta fuqaro oraliqda qolib ketgan. Shundan so‘ng kanat ishchi xodimlari tomonidan qutqaruv arqon orqali fuqarolar tushirib olingan.
Hozirda Pop tumani «Chodak» dam olish maskanlarida fuqarolarni xavfsizligini ta’minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar bo‘limlari bilan hamkorlikda kunu-tun navbatchilik tashkil etilgan.
Bu «Chodak» kanatining birinchi bor to‘xtab qolishi emas!
Joriy yilning 30 iyun kuni ham kanat kutilmaganda to‘xtab qolib, odamlar yarim yo‘lda osilib qolgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter