Namanganlik 21 yoshli yigit harbiy xizmatda portlab ketgani aytilmoqda (video)
Marhumning ota-onasi yo‘llagan videomurojaat bugun Facebook tarmog‘ida tarqaldi.
Qayd etilishicha, yigit joriy yilning 14 mart sanasida Toshket viloyati Chirchiq shahridagi harbiy qismga xizmatga olib ketilgan. 6 oy o‘tgach, 20 avgust kuni harbiy qism tomonidan «o‘g‘illaring portlab ketdi», deb yigitning murdasi uning uyiga keltirib berilgan. Biroq rasmiylar sodir bo‘lgan voqea haqida batafsil ma’lumot berishmagan.
«6 oygina xizmat qilgan bolani nega portlatishadi? Nimaga unga himoya kiyimlarini kiygizishmagan, nega uni himoya qilishmagan. Men yuragim parchasini davlatga ishonib topshirganman. Bolani 21 yoshigacha tarbiyalab, katta qilishni o‘zi bo‘ladimi? Parchalangan tanasini tikib-tikib tashlab ketishdi... Ular bizga voqea qanday bo‘lganini aytishmayapti. Faqat portlab ketdi deyishmoqda. Men bolamni himoyasiz holda shu ishga jalb qilganlarga jazo berilishini so‘rayman. Bolam nima sababli portlab ketganligini bizga ochiq aytishsin», deydi yigitning onasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter